<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><hymn_number>45</hymn_number>
<title>Izlab yurgan bor olamni odami W45</title>
<lyrics>[V1]
 Izlab yurgan bor olamni odami
 Bor ekanku, bu umrning moʻjizasi
 Xudo Uni bizlar uchun yuborgan
 Boʻlmasin deb odamzodning azobi.

[V2]
 Endi bildim, endi sezdim Xudoyim
 Sen qoshimda boʻlibsanku har doim
 Rabbim meni izlaganim, shu edi
 Ajabtovur, ilib qoldi manglayim.

[C1]
   // O, koʻkdagi Ota, O, koʻkdagi Ota
   Yetalagin meni oʻsha umrga Ota //

[V3]
 Bu umrda haqni topmay Oʻzingsiz
 Koʻp qiynaldim Sening asl Soʻzingsiz
 Oʻzimni oʻzim aldash bilan yuribman
 Boʻlmasin deb, bu umrda gunohsiz.

[V4]
 Kechir Ota, kechir meni gunohim
 Qoʻling choʻzib qabul qil dey Panohim
 Qutqargin Sen azob chekkan jonimni
 Bilmabmanku Ota Sening boringni.

[V5]
 Bolang bugun aqlga kelib oʻylandi
 Yurakda bir yangi sozim oʻygʻondi
 Koʻz oldimda moʻjizalar koʻrinib
 Oʻz Azizing qizil qonga boʻyaldi

[V6]
 Yagonangni bizni yerga yubording
 Gunoh uchun qurbonligingni berding
 Ayting buncha kimda bordir muhabbat
 Oʻz qonida gunohlarimni yuvdi.</lyrics>
</song>